O'zbekistonning yangi elchisi Italiyaga yetib bordi
Oktabr 26, 2023. 13:50 • 36 soniya
• 2328
RIM, 26-oktyabr. /«Dunyo» AA/. O'zbekistonning Italiyaga yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Abat Fayzullayev Rimga yetib bordi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Abat Fayzullayev 2020-2023-yillarda O'zbekistonning Avstriyadagi elchisi bo'lib ishlagan, shuningdek, Vengriyadagi diplomatik missiyani o'rindoshlik asosida boshqargan. Bir vaqtning o'zida, O'zbekistonning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hamda Venadagi boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakili bo'lib ishlagan.
Diplomat 40 yoshda. U O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Tashqi ishlar vazirligi va O'zbekistonning AQSHdagi elchixonasida turli lavozimlarda ishlagan, tashqi ishlar vaziri yordamchisi – kotibiyat mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Abat Fayzullayev 2018-2023-yillarda Rimdagi diplomatik vakolatxonamizga rahbarlik qilgan Otabek Akbarov o'rniga tayinlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekistonning yangi elchisi Daniya Qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi
UNWTOning 50-yillik tarixida tashkilotni ilk bor ayol kishi boshqaradi
O'zbekistonning Turkiyaga yangi tayinlangan elchisi Anqaraga yetib keldi
O'zbekiston elchisi Oliy Majlis Senati qo'mitasi raisi etib tayinlandi
O'zbekiston elchisi Finlyandiya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi